Jo'natmangiz xavfsizligi — bizning bosh maqsadimiz. Qimmatbaho buyumlar, elektronika, muhim hujjat va tovarlarni jo'natishda kutilmagan xavf-xatardan himoyalanish uchun qiymati e'lon qilingan jo'natma (sug'urta) xizmatidan foydalaning.
Jo'natmani sug'urta qilish uchun asosiy yetkazib berish tarifiga qo'shimcha ravishda sug'urta yig'imi hisoblanadi.
Aniq qiymatni onlayn kalkulyator orqali yoki operator +998 71 200 96 69 bilan bog'lanib aniqlashtirishingiz mumkin.
Shaxsiy kabinetga kiring yoki saytda kuryer chaqirish bo'limini oching.
Yukning vazni, o'lchamlari va turini ko'rsating.
«Qiymati e'lon qilingan jo'natma» (Sug'urta) tugmachasini faollashtiring.
Mahsulotning haqiqiy qiymatini so'mda yozing (kamida 500 000 so'm).
Jo'natma ichida nima borligini aniq yozing (masalan: iPhone 15, 1 dona).
Kuryer kelganda yukni ochiq holda ko'rsating; u ro'yxatga mosligini tekshirib, yuk xatini (nakladnoy) chop etadi.
E'lon qilingan va hujjat bilan tasdiqlangan sug'urta summasining 100% miqdori qaytariladi.
Yetkazilgan haqiqiy zarar miqdorida (lekin e'lon qilingan umumiy summadan oshmagan hajmda) kompensatsiya beriladi.
Agar jo'natma sug'urta qilinmagan (qiymati e'lon qilinmagan) bo'lsa, yo'qotish yoki shikastlanish holatida kompensatsiya kompaniyaning ichki oferta shartnomasidagi eng kam bazaviy tarif doirasida cheklanadi.
Kutilmagan holat (shikastlanish yoki yo'qolish) kuzatilsa, darhol quyidagi choralarni ko'ring:
Sahifadagi ma'lumotlarni do'stlaringiz va hamkasblaringizga yuboring.