2016 yildan beri O'zbekistonning ishonchli logistika hamkori.
EMU Express — O'zbekistonda pochta, kuryerlik va logistika sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega yetakchi milliy operatorlardan biridir. Kompaniya jismoniy va yuridik shaxslarga mahalliy hamda xalqaro jo'natmalarni tezkor, xavfsiz va ishonchli yetkazib berish, shuningdek, e-commerce va biznes uchun kompleks logistika yechimlarini taqdim etadi.
«Aholiga tez va ishonchli xizmat ko'rsatish»
Shu yo'lda kompaniya respublika bo'ylab keng filiallar tarmog'ini rivojlantirib, zamonaviy logistika infratuzilmasini shakllantirib kelmoqda.
EMU Express xalqaro logistika bozorida ham faol ishlamoqda va dunyoning 165 dan ortiq davlatlari bilan hamkorlik qiladi.
Shuningdek, Qozog'iston Respublikasida 19 ta filialdan iborat o'z vakolatxona tarmog'i faoliyat yuritib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi logistika imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Kompaniyada jo'natmalarni qabul qilishdan tortib, yetkazib berishgacha bo'lgan barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan tizim orqali boshqariladi.
Har bir jo'natma skanerlanadi va yagona tizimga kiritiladi, bu esa mijozlarga jo'natma holatini onlayn kuzatish va real vaqt rejimida ma'lumot olish imkonini beradi.
Kompaniya filiallarida zamonaviy fitting xonalar mavjud bo'lib, bu internet-do'konlar va fashion sohasidagi bizneslar uchun qo'shimcha qulaylik yaratadi hamda sotuv hajmini oshirishga yordam beradi.
EMU Express doimiy ravishda rivojlanib, innovatsion texnologiyalar va yuqori xizmat standartlarini joriy etish orqali O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi eng ishonchli pochta, kuryerlik va logistika operatorlaridan biri bo'lib kelmoqda.
Sahifadagi ma'lumotlarni do'stlaringiz va hamkasblaringizga yuboring.